Qachonlardir koʻzlari ham, quloqlari ham boʻlmagan bir qizilbosh odam yashar edi. Darvoqe, uning sochi ham yoʻq boʻlib, "Qizilbosh" degan nomni topishi esa shunchaki tasodif. U gapira olmasdi, chunki ogʻzi ham yoʻq edi. Burni ham. Hatto qoʻl-oyoqlari ham yoʻq edi. Vujudi oshqozon, bel, umurtqa va har qanday ichki aʼzolardan holi edi. Ha, uning hech narsasi yoʻq edi. Va shu bilan birga hozir aslida kim haqida soʻzlayotganimizni ham hech kim bilmaydi. Endi u odam haqida qayta ogʻiz ochmasak yaxshiroq boʻlsa kerak.
Moviy daftar no.10