O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahat bergan shu kitobni harbiy xizmatni o'tayaptgan paytim😁🇺🇿, vaqtdan unumli foydalanish uchun, kitob yarmarkasida harid qilgan edim. Ancha ilgari yakunlagan bo'lsamda, kitobga sharhni yozishga faqat hozirgina vaqt va kuch topa oldim. O'zbek tilimni rivojlantirish va shu noyob kitobga ma'noli sharh berish maqsadini ko'zlab qo'limga klaviatura oldim👨🏻💻
Kitobni sharhlashdan oldin, menga kitobning birinchi betidanoq oshkor bo'lgan haqiqatni yozib o'tishim shartdir. 🇺🇸Ingliz yoki 🇷🇺Rus tilida o'qishga o'rganib qolgan menga o'xshash inson uchun, Eski O'zbek tilining Kiril alifbosida yozilgan "O'tgan Kunlar" kitobini o'qish ancha mashaqqat tug'diradigan vazifa ekan.
Demak, qo'limda bosma kitob📖, har doimgi elektron kitob emas, armiyaning taxminan 18 kuni. Menda yangi odat - harbiy xizmatning zerikarli damlari, qo'limga shu kitobni olib o'qadigan bo'ldim. Lug'atlarni topish imkoniyati bo'lmagani sababli, anchagina so'zlarni chuqur ma'nosiga yeta olmayapman. Shunga qaramay, Abdulla Qodiriy qalami🖋, uning hikoyayu manzaralari meni o'ziga maftun qilib davom ettirishga inontirdi. Harbiy xizmatni yakunladim, Kumush va Otabekning hikoyasini 💙ham zavq bilan o'qib yakunladim.
Haqiqatni aytish lozimdir. Kitobning tanqid qiladigan joylari bor (bir qarashdagi sevgi, Otabek ikkinchi xotin olishga rozilik berishi, mantiqsiz qahramonlik va hokazo), ammo umuman olganda, undagi go'zal manzara ifodalanishlariyu🌅 hayajonli holatlar odamga zavq beradi, va hikoya o'zgarishlari odamni o'ylantiradi🧠. Qisqa qilganda, hammaga bir bor bo'lsada o'qishni aniq maslahat beraman. Sababi juda oddiy. Yuz yil muqaddam o'tmishga bir nazar tashlashga imkoniyat beradigan kitobdir bu.
O'tmishni yod etish bo'lsa, shu kunlardagi gul hayot va nurafshon istiqbolning qadriga yanada chuqurroq yetmoqga undaydi. Shunday.
Aybsiz qipchoqlar yaramaslar tomonidan qiritilganidan so'ng, tushkunlikga tushgan Otabek va uning otasining suhbatidan bir lavha bilan sharhimni yakunlayman. Qadrli vaqtingizni ketqazib shu yergacham o'qiganingiz uchun minnatdorman😊😁👍:
"-Йиртқичларнинг бу қирғиндан қандай муддаолари ҳосил бўларикин?
-Мақсадлари жуда очиқ,-деди ҳожи,-биттаси мингбоши бўлмоқчи, иккинчиси Нормуҳаммад ўрниға минмакчи, учинчиси яна бир шаҳарни ўзига қарам қилмоқчи. Хон эрса Мусулмонқулға бўлған адоватини қипчоқни қириб аламдан чиқмоқчи. Менга қолса ўртада шундан бошқа ҳеч гап йўқ, ўғлим.-деди ва бир оз тўхтаб давом этди: - Мен кўб умримни шу юртнинг тинчлиги ва фуқаронинг осойиши учун сарф қилиб, ўзига азобдан бошқа ғеч бир қаноат ҳосил қилаолмадим. Иттифоқни не эл эканини билмаган, ёлғизўз манфаати шахсияси йўлида бир-бирини еб, ичкан мансабпараст, дунёпараст ва шуҳратпараст муттаҳамлар Туркистон тупроғидан йўқолмай туриб, бизнинг одам бўлишимизға ақлим етмай қолди. Биз шу ҳолда кетадирган, бир-биримизнинг тегимизга сув қуядирған бўлсақ яқиндирки, ўрус истибдоди Туркистонимизни булғатар ва биз бўлсақ ўз қўлимиз билан келгуси наслимизнинг бўйниға ўрус бўйиндириғини кийдирган бўлармиз. Боболарнинг муқаддас гавдаси мадфун Туркистонимизни тўнғузхона қилишға ҳозирланған биз итлар яратғучининг қаҳрига албатта йўлиқармиз! Темур Кўрагон каби доҳийларнинг, Мирзо Бобур каби фотиҳларнинг , Форобий, Улуғбек ва Али Сино каби олимларнинг ўсиб-унган ва нашъу намо қилғанлари бир ўлкани ҳалокат чуқуриға қараб судрағучи албатта тангрининг қаҳриға сазовордир, ўғлим! Гуноҳсиз бечораларни бўғизлаб, болаларни ятим, хоналарини вайрон қилғучи золимлар-қуртлар ва қушлар, ердан ўсиб чиқған гиёҳлар қарғишиға нишонадир, ўғлим!.."