Bismillahir rohmanir rohim. Akrom Malikning "Halqa" qissasi haqida taassurotlar. Musulmon o‘lkalaridagi qoloqlik meni ko‘p o‘ylantirgan. Sabablarini, yechimlarini izlaganday bo‘lganman. Umuman bu juda katta mavzuligini bilaman. "Halqa" qissasi o‘zidagi og‘riqni menga o‘tkazdi go‘yo. Butun dunyodagi musulmonlar uchun og‘riqli gaplar, voqealar va nuqsonlar hech bir ko‘ngli ochiq musulmonni dilini og‘ritmasdan qo‘ymaydi. Diniy ruhdagi badiiy asarlarni kam o‘qiganman. A. Lutfiy Qozonchining "O‘gay ona" asarini o‘qigan edim, "Halqa" qissasi "O‘gay ona"dan kuchliroq ruhda yozilgan. Qahramonlarning har bir hikoyasi bir olam, bir kitob qilgulik. Ayniqsa, Abdulloh Yorqin aytib bergan voqealar menda kuchli taassurot qoldirdi. "O‘zbek adabiyoti o‘lmagan, uyg‘ur muammosini ko‘tarib chiqadigan adiblarimiz bor ekan" dedim ichimda. Undan tashqari, qamoqdagi duo... Qahramonlarni dindoshligidan tashqari yana bir narsa birlashtirib turadi : barchasi zulm ko‘rganlar, sinov ko‘rganlardir. Allohning bergan sinovlari insonni tarbiyalashini, taqvosini oshirishini yana chuqurroq anglab yetdim. Dilimga o‘rnashgan yana bir narsa shu bo‘ldi : zolimlar tarafidan aytilgan so‘zlarni huddi o‘zimizni odamlar aytayotgandek tuyuldi menga, sababini aniq bilmayman. Musulmon o‘lkalaridagi inqirozli holatlarga ularning o‘zlari aybdorligi, ya'ni diniga to‘la amal qilmay qo‘yganligi kitobda juda ishonarli va asosli tasvirlangan. Men umid qilardimki, musulmonlar dinni mahkam ushlab, yana dinda buyurilgan ilm-fanni chuqurroq o‘rganishsa. Zero, bugungi kunda dunyoni ilm-fan, axborot egalari boshqarmoqda. Kitobda kamchiliklar bormi? Bor, lekin ko‘z yumsa bo‘ladi. Chunki, bunaqa katta masshtabdagi, dunyoni qiynayotgan muammolar yoritilgan diniy ruhdagi asarlar o‘zbek adabiyotida yo‘q bo‘lsa kerak. Taassurot ko‘p, lekin his qilingan hamma narsani ham yozib bo‘lmaydi...