Tog‘ay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Tog‘aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo‘jasoat qishlog‘i — 2003.27.5, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).
Respublika radiosida muharrir (1972—75), «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida (1976—78), «Fan va turmush» jurnalida (1982—84) adabiy xodim bo‘lib ishlagan. 1984—86 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida o‘qigan.
Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari e’lon qilingan. Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo Yer qo‘shig‘i» (1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqko‘ngil, to‘g‘riso‘z, mard o‘zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O‘zbek adabiyotining yutug‘i sifatida e’tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi.
«Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug‘ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib, zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug‘likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi. Mazkur asar uchun adib Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan.
ohh it hurts. there've been many moments i was ashamed of myself, i was ashamed of what we are speaking in media. And i understand that we havent drawn conclusions yet.
i got angry some times while reading it, i just stopped. I must be narrowminded to be mad at how we were so naive and coward. but i got mad.
one more thing that kept the book close to my soul is it is told from the perspective of a farmer, dehqon in uzbek. I myself am the son of dehqon. so i loved this part.
overall we need such stories not forget the past and repeat the same old mistakes.
Har bir inson o'qishi shart bo'lgan kitoblardan. Sovet tuzumi paytida O'zbekistonliklar paxta uchun ne ko'ylarga solingani, qanday qilib propaganda qilingani bosh qahramon Denqonqul obrazida tasvirlab berilgan. Eng achinarlisi, bu kitobdagi voqealarni hammasi chin bo'lganiga menda shubxa yo'q, negaki ularni barchasi tanish. Bobomdan, dadamdan, enamlardan eshitganlarim o'qiyotgan paytim ko'z oldimda bir-bir gavdalandi. Islom Karimov haqidagi hujjatli filmda esa paxta qatag'onlari o'z isbotini topgan. Men chekka qishloqda yashayman, bizda paxta haligacha aktual. Ko'p voqealarni o'z ko'zim bilan ko'rganman. Ustozlarim bizga dars o'tish o'rniga paxta terishga ketishi haligacha esimda